Автор: Пользователь скрыл имя, 29 Июня 2013 в 11:02, курсовая работа
Mustaqillikka erishgandan so`ng yurtimizda ko`plab sohalar rivojlandi. Bular sirasiga misol tariqasida sport,ma`daniyat ma`rifat, ilm-fan, texnika, meditsina sohalarini kiritish mumkin. Bugun biz tarixiy bir davrda—rivojlanayotgan vaqatda yashamoqdamiz. Atrofimizdagi barcha narsalar shiddat bilan rivojlanayotgani hech birimizga sir emas. Hozirgi kunda tezkor ravishda shakllanayotgan sohalardan biri ilm-fan sohasi hisoblanadi. Ilm-fan xalqning ilmiy, ma`naviy merosini ko`rsatib beruvchi kuchdir.
Bizga ma`lumki, mustaqillikdan so`ng ilm-fan sohasiga yurtboshimiz rahnamoligida ko`plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yillarda o`zbek adabiyoti, tarjima san`ati ham shakllandi. Adabiyot va san`at asarlari mustaqil Respublikamiz fuqarolari ma`naviy dunyosini boyitish, ularni go`zal narsalarning hammasidan bahramand etish kabi ajoyib xususiyatlarga ega.
I.Kirish
II.Asosiy qism
I.bob.
1.1.Tarjimashunoslik nazariyasi va uning rivojlanishi
2.2.Tarjimaning grammatik muammolari
II.bob.
2.1.Nemis tilida buyruq mayli va buyruq gaplarning o`zbek tiliga tarjimasi
2.2.”Yosh Verterning iztiroblari”romanida buyruq gaplarning o`zbek tilida berilishi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
V.Foydalanilgan lug`atlar ro`yxati
Buyruq maylidagi gaplarning o`zbek tilida berilishi.
(Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani asosida)
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
I.bob.
1.1.Tarjimashunoslik nazariyasi va uning rivojlanishi
2.2.Tarjimaning grammatik muammolari
II.bob.
2.1.Nemis tilida buyruq mayli va buyruq gaplarning o`zbek tiliga tarjimasi
2.2.”Yosh Verterning iztiroblari”romanida buyruq gaplarning o`zbek tilida berilishi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
V.Foydalanilgan lug`atlar ro`yxati
Kirish
Mustaqillikka erishgandan so`ng yurtimizda ko`plab sohalar rivojlandi. Bular sirasiga misol tariqasida sport,ma`daniyat ma`rifat, ilm-fan, texnika, meditsina sohalarini kiritish mumkin. Bugun biz tarixiy bir davrda—rivojlanayotgan vaqatda yashamoqdamiz. Atrofimizdagi barcha narsalar shiddat bilan rivojlanayotgani hech birimizga sir emas. Hozirgi kunda tezkor ravishda shakllanayotgan sohalardan biri ilm-fan sohasi hisoblanadi. Ilm-fan xalqning ilmiy, ma`naviy merosini ko`rsatib beruvchi kuchdir.
Bizga ma`lumki, mustaqillikdan so`ng ilm-fan sohasiga yurtboshimiz rahnamoligida ko`plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yillarda o`zbek adabiyoti, tarjima san`ati ham shakllandi. Adabiyot va san`at asarlari mustaqil Respublikamiz fuqarolari ma`naviy dunyosini boyitish, ularni go`zal narsalarning hammasidan bahramand etish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma`naviy g`oyasi yuksak, badiiy jozibali adabiyot va san`at asarlari kishilar qalbiga tezroq yo`l toppish, estetik hissiyotga kuchli ta`sir etish, hayotiy voqea hodisalarni chuqur mushohada etishga da`vat qilish kabi xususiyatlari farq qiladi.
Prezdentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek, “Insonni, uning ma`naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san`ati badiiy adabiyotdir.”1 Hozirgi vaqtda nafaqat o`zbek tilida yaratilgan san`at asarlari, balki chet tillaridan tarjima qilinayotgan badiiy asarlar ham insonlarga bir olam taassurot bag`ishlay oladigan darajada desak mubolag`a bo`lmaydi. Mustaqillik yillarida ko`plab tarjimalar yuzaga keldi. Bu kabi adabiyot va san`at asarlarining uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki dunyosini tasvirlay olishidadir. Mazkur xususiyatlarni jamlab, asarlarning qiymatini yo`qotmagan holda tarjima qilish esa ijodkor mahoratiga bog`liq hisoblanadi. Bugungi kunda adabiyotimiz nafaqat o`zimizning, balki chet el durdona asarlari bilan boyib borayotganligi har birimiz uchun quvonarli hodisadir. Asarlarning haqiqiy ma`nosini saqlab qolgan holda tarjima qilish esa tarjimondan tillarni mukammal darajada bilishni talab qiladi. Keyingi yillarda g`arb adabiyotidan qilingan tarjimalar adabiyotimiz rivojiga alohida ahamiyatli hissa qo`shmoqda. Boshqa tillardan qilinayotgan tarjima asarlar yurtimizning har bir fuqarosi uchun chet el ma`daniyati, ma`naviyati, ma`rifati va albatta dunyoqarashining tasviri sifatida xizmat qiladi. Badiiy tarjima xalqimizning ma`daniy-estetik darajasi, milliy adabiy an`analar zamirida uning bir mahsuli sifatida namoyon bo`ladi. Asl durdona tarjima asar xalqning ma`naviy ehtiyojini qondiradi va uning ma`naviy dunyosining takomillashuviga yordam beradi.
Bundan tashqari ilm-fanda, tadqiqot ishlarida mazkur asarlar turli xusuisyatlariga ko`ra tahlil etilmoqda. Biz ilmiy ishimizning amalga oshirilishi mobaynida nemis adabiyotining yorqin vakili Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanidagi buyruq mayliga tegishli bo`lgan gaplar tahlili bilan shug`ullandik. Y.V.Gyote nemis adabiyotining o`chmas yulduzi, so`nmas chirog`idir. U nemis adabiyotining, she`riyatining darg`asi hisoblanadi. U taratgan asarlar o`zining hayotiyligi, xalq ruhiyatiga yaqinligi bilan nemis adabiyotining rivojlanishiga salmoqli hissasini qo`shgan va hozirgi kunda ham o`zining ahamiyatini yo`qotmagan. Biz tahlil etmoqchi bo`lgan asar Y.V.Gyotening “ Yosh Verterning iztiroblari” romanidir. Bu roman XIX asr oxiri XX asr boshlarida taratilgan bo`lib, unda burjua inqilobi davrlari o`z aksini topgan. Asar bosh qahramoni Verter romantik his-tuyg`ularga, ruhiyatga boy qilib tasvirlangan. Romanni o`qish mobaynida o`sha davr ijtimoiy muhiti bilan ham tanishish mumkin. Mazkur roman hozirgi kunga qadar ko`plab tadqiqotchilar tomonidan o`rganilgan va dunyoning bir qancha tillariga tarjima qilingan. Shu vaqtga qadar turli yoshdagi kitobxonlarning mehr-muhabbatini qozondi. Mazkur asar mahoratli tarjimon Yanglish Egamova tomonidan yuqori darajada tarjima qilingan. Asarning barcha falsafiy, ma`naviy, badiiy mintaqalarida bezavol harakat qilish, ya`ni uni tom ma`noda anglash va o`z qalbiga ko`cherish tarjimon uchun oson emas. Gyote o`zining parokanda, baxtsiz vatani, baxt va erkni orzu qilishdan o`zga imkoniyatga ega bo`lmagan tengqurlari va o`zining qullik va nohaqlik dunyosidagi tanholigining fojeasi haqida fikr yuritdi.”2
Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Kirish qismida ilmiy ishga umumiy tavsif beriladi. Mavzuning dolzarbligi, maqsadi aynan kirish qismida ochib beriladi va mushohada yuritiladi.
Asosiy qismda kurs ishining asosiy mazmuni yoritiladi. Tarjimashunoslik, uning rivojlanish tarixi, tarjimonlik maktablari, nemis tilidan tarjima qilingan asarlar haqidagi ma`lumotlar aynan ushbu qismda keltirilgan. Tarjima nazariyasiga oid fikrlar bilan ham tanishib chiqish mumkin.
Xulosa qismida mazkur ilmiy ishning umumiy mazmuni yuzasidan so`nggi fikrlar keltirilgan.
Mazkur kurs ishining dolzarbligi shundan iboratki, ishda Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanida buyruq maylidagi gaplarning va ularning xususiyatlari ko`rib chiqilganligidir. Bundan tashqari nemis tilidan tarjima qilingan bir qancha asarlar shu vaqtga qadar to`liq tavsif etilmagan. Kurs ishida buyruq maylidagi gaplarning o`zbek tiliga tarjimasi ham tahlil etilgan.
Ilmiy ishning maqsadi—nemis tilidagi buyruq mayliga oid gaplarni Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani asosida o`zbek tiliga tarjima qilinishini ko`rib chiqish va tahlil etish hisoblanadi.
Mazkur ilmiy ishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Tarjimashunoslik nazariyasi haqida ma`lumot berish;
2.Tarjima nazariyasining rivojlanish tarixi bilan tanishtirish;
3.O`zbek tarjimonlarining ijodi bilan tanishtirish;
4.Nemis tili buyruq maylidagi gaplarni o`zbek tiliga tarjima qilinishi haqida fikr yuritish;
5.Tahlil manbai hisoblangan romandagi buyruq maylidagi gaplarning o`zbek tiliga berilishini tahlil qilish;
6.Tahlil namunalarini berish.
Ushbu ilmiy ishning ilmiy yangiligi—Y.V.Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romanida buyruq maylidagi gaplarning ko`rib chiqilganligi hisoblanadi.
Ilmiy ishning obyekti sifatida tarjima nazariyasi va grammatika fanlari xizmat qildi.
Kurs ishining mazmunini ochib berish maqsadida nemis adabiyotining durdona asarlaridan biri “Yosh Verterning iztiroblari” romanini tahlil manbai sifatida tanladik. Bunda Y.V.Gyotening mazkur romanining nemis hamda o`zbek tillaridagi variantlari ko`rib chiqildi.
Ilmiy ishda ko`tarilgan mavzuning mazmunini yoritib berish va ishni muvaffiqiyatli amalga oshirish uchun qiyosiy, qiyosiy-tarixiy, statistic metodlardan foydalandik. Har bir metod maqsadimizga yetishimizda alohida o`ringa ega bo`ldi. Bundan tashqari kurs ishida namunalar ham keltirilgan.
II.Asosiy qism
I.bob.
1.1.Tarjimashunoslik nazariyasi va uning rivojalnishi.
Insoniyat paydo bo`libdiki, o`zini o`rab turgan olam haqida ma`lumotga ega bo`lishga, qardosh va boshqa xalqlar ma`daniyati, tili, dini va hayoti bilan tanishishga intilib keldi. Shu asnoda asrlar davomida tarjimashunoslik deb ataluvchi soha, ilm-fan tarmog`i yuzaga keldi. Avvalambor, ushbu o`rinda ikki va undan ortiq tilli lug`atlarning yaratilishi asosiy o`rinni egallaganini aytib o`tish joiz. Chunki tarjima lug`atlari ijodkorlarga boshqa tillardagi asarlarni mahorat bilan tarjima qilishlariga yordam beradi. Tarjima va tarjimonlik uzoq asrlardan beri dunyo xalqlari tarixi va ma`daniyatida shakllanib kelayotgan ko`hna ijodiy faoliyat sohalaridan biridir. “Insoniyatning o`zaro munosabatlari, muomalalari, muloqotlari, turli-tuman aloqalarga tashna-yu ehtiyojmand karvonlari o`n minglab yillardan buyon dunyo o`lkalarini kezadi, qit`alardan qit`alarga o`tadi. Keti uzilmagan shu karvonlar safida savdogarlar, sarkardalar, olimlar, din ulamolari, targ`ibotchilar, munajjimlar, hunarmandlar, tabobatchilar, hakimlar qatorida, albatta, tarjimonlar ham bo`ladi. Til bilgich, tushuntirgich, aql-u zakovatli va hamisha hushyor, ko`proq tillarni bir-biriga og`zaki o`giradigan bu kishilarga u zamonlarda tilmoch, ya`ni bir tilni ikkinchi tilga ag`daruvchi, muloqotlar va bitishuvlarni tushunarli hamda qoidali qiluvchi, tomonlar o`rtasida ahdlashuvlar va murosalarni bitiruvchi, deb qarar edilar.”3 Bizga tarixdan ma`lumki, o`sha davrlarda tilmochlar insonlar o`rtasidagi munosabatlarni hal qilishda asosiy rolni o`ynagan. Ular orqali ko`p ishlar hal qilingan. Yillar o`tishi bilan tilmochlik, ya`ni tarjimonlik kishil;ar o`rtasida ommaviylasha bordi. Ko`pchilik til o`rganishga, tarjimonlik qilishga harakat qila boshladi. Tarjimonlar shu kunga qadar xalqlarning bir-birlarini bilishlariga, organishlariga kata xizmat qilib kelmoqdalar.
O`zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatida o`zining o`rniga ega bo`lib bormoqda. Dunyodagi barcha mamlakatlar bilan turli sohalarda, masalan, iqtisodiy, ijtimoiy, ma`naviy, ma`daniy sohalarda mustahkam aloqalarni o`rnatib kelayotganini aytib o`tish joiz. Tillarni o`rganish, ular orqali chet davlat hayoti bilan tanishish hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. O`zbek tarjimonlari jahon adabiyoti durdonalarini o`zbek tiliga tarjima qilib, adabiyotimizni yangi asarlar bilan boyitishmoqda. Ularning bu ishlarni amalga oshirishi uchun mamlakatimizda katta e`tibor qaratilmoqda. Nazariy tarjimashunoslik O`zbekistonda nisbatan yangi soha hisoblanadi. U ilmiy asosda XX asrning o`ttizinchi yillaridan shakllangan. Bu davr adabiyotlarda milliy uyg`onish davri ham deb atalgan. “Milliy uyg`onish davrida jahon adabiyoti durdonalari bialn tanishish asosan tarjimonlar orqali amalga oshdi. Shuning uchun ham aynan shu davrga kelib badiiy tarjimaga katta e`tibor berildi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida o`zbek tiliga o`girilgan asarlar asosan rus adabiyoti namunalaridan tashkil topar edi. Ayniqsa, rus shoiri A.S.Pushkin ijodini o`zbek tiliga tarjima qilishga deyarli ko`pchilik ijodkorlar qo`l urdi va bu jarayon o`z navbatida samarali natijalar berdi. 20-yillarga kelib bevosita rus tilidan o`zbek tiliga tarjima qilingan badiiy asarlar soni ko`paydi. Rus klassikyozuvchilari bilan bir qatorda Yevropa yozuvchilarining asarlari ham asosan rus tili orqali bilvosita o`zbek tiliga o`girildi. Jumladan, Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romani 1911-yilda rus tilidan o`zbek tiliga o`girilgan.”4 Tarjima tarixi dunyo ma`daniyatida ming yillarni qamrab oladi va bu jarayon “Gilgamish”, “Illiada”, “Tavrot”, “Avesto”, ”Injil” tarjimalaridan boshlanadi. Tarjimashunoslik fan sifatida XX asrning 60-yillarida ravnaq topdi. Yevropada esa bu jarayon san`at darajasiga ko`tarilgan edi. Shu davrdan boshlab “Tarjima san`ati”, ”Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Tarjimaning lingvistik nazariyasi”, “Tarjimaning nazariy muammolari” kabi tarmoqlar va yo`nalishlar paydo bo`la boshladi. Mazkur yo`nalishlarda turli mamlakatlar va ayniqsa, Yevropada ko`plab fundamental tadqiqotlar, darsliklar, yangi o`quv qo`llanmalar, turlicha kitoblar nashr ettirildi va tarjima nazariyasining shakllanishida muhim rolga ega bo`ldi.
Tarjima nazariyasi va tarjimashunoslik rivojlangani sayin har xil maktablar ham shakllana boshladi. Ushbu maktablarda tarjima san`ati mukammal darajada yoritib berilishiga intilishlar mavjud bo`lgan. “Til vositalaridan qanday foydalanishni belgilab beradigan ijodiy o`ziga xoslik yozuvchining dunyoqarashi, nafosat haqidagi tushunchasi, adabiy maktab va davr estetikasi bilan chambarchas bog`liqdir. Binobarin, muayyan davr yoki adabiy muhit namoyondasi bo`lishi biron bir yozuvchining asarini tarjimon o`zi xohlaganicha, o`z uslubiga bo`ysundirgan holda, o`z izmiga solib o`giraverishi to`g`ri emas.”5 Shuning uchun har bir ijodkor o`ziga yarasha tajriba, mahorat, eng muhimi yuksak bilimga ega bo`lishi kerak. U har qanday asarning ichki ruhiyatini, mazmunini to`liq anglashi, his etishi va albatta uni o`z tarjimasida to`la-to`kis bera olishi lozim. Zero, har bir kitobxon asarni mutolaa qilish jarayonida o`ziga yetarlicha ma`naviy ozuqa ola bilsin. Bu esa hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Bunday sharafga faqat mahoratli, bilimdon ijodkorgina musharraf bo`la oladi.
Yurtimizdagi ana shunday mahoratli tarjimonlarimizdan biri O.Sharafiddinov edi. U o`z maktabini, yo`nalishini yarata olgan ijodkor hisoblanadi. U juda ko`plab jahon adabiyoti durdona asarlaridan tarjima qilgan. Jumladan, H.Hessening “Jahon adabiyoti kutubxonasi”, “Non so`zi haqida” va boshqa bir qator yozuvchilarning asarlarini mahorat bialn o`zbek tiliga o`girgan. Bundan tashqari xalqimiz yana ko`plab tarjimonlar yetkazib berdi. Ular qatoriga P.Tartakovskiy, N.V.Vladimirova, S.Salomova, N.Komilov, M.Qo`shshoqov, Poshali Usmon o`g`li, I.G`ofurovlarni keltirib o`tish mumkin. “Filologiya fanlari doktori, professor G`.Salomov o`zbek tarjimashunosligining eng atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U o`zbek tarjima san`atida o`ziga xos o`ringa ega bo`lgan ijodkordir. G`.Salomov o`zining o`zining faoliyati davomida o`z yo`nalishini va shunga munosib tarzda o`z tarjima maktabini yaratdi.”6 U tarjima nazariyasi sohasida ko`plab shogirdlar tayyorladi va tarjimashunoslikka katta xissa qo`shdi. G`.Salomov tomonidan yaratilgan asarlar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar hozirgi kunga qadar ilm-fan sohasida yangi qirralarini ochishda manba vazifasini o`tab kelmoqda.
Tarjima nazariyasi tarjimaning keng jonli amaliyoti bilan bo`g`liq bo`lgan qarashlar, nuqtai nazarlar, kuzatishlar, rang-barang tajribalarni ilmiy-tanqidiy o`rganadi, tarjima qoidalari va tamoillarini, ularning chegaralari, ma`yorlarini bayon qiladi. “Tarjimachilik nazariyasining vujudga kelishi va uning universal qoidalarining ishlanishi ijodiy tarjima amaliyotiga keskin va xayrli ta`sir etdi. XX asr o`rtalaridagiga nisbatan olganda ham, tarjimalarning sifati va saviyasi sezilarli darajada ko`tarildi. Tarjimada savodsizlik, taglama tarjimalardan foydalangan holda tarjima qilish, vositali tillar orqali tarjima qilish ancha kamaydi. Asliyat va tarjima tilining butun qirralari va nozikliklari, bir-birlariga qanchalik mos va muvofiq ekanligi, ziddiyatli, murakkab tomonlarini qiyosan mukammal bilish hozirgi kunda tarjimaning eng birinchi shartlaridan biri ekanligi hamma yerda tan olindi.”7 Har bir tarjimon asliyatdagi asarning aniq mazmunini tarjima qila olishi, asar yozilgan tilning grammatik, leksik, semantik, sintaktik, stilistik jihatlarini mukammal bilishi va o`zbek tiliga aniq tarjima qila olishi shartdir. Tilni mukammal darajada bilgan tarjimongina jahon adabiyoti durdonalarini asliyatdagidek tarjima qila oladi. Va o`z navbatida bu asar, albatta, o`zining qadr-qimmatiga ega bo`ladi.
Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, Yevropada tarjima qilish jarayoni X asrlarga to`g`ri keladi. O`sha davrda yashab ijod etgan tarjimonlardan biri Elfrik hisoblanadi. ”U “Tavrot”ning “Ibtido” kitobini birinchi bo`lib tarjima qiladi. Kitob lotin tilidan tarjima qilinadi. U lotin tili grammatikasini ham ingliz tiliga tarjima qilgan. M.av. I asrda yashagan mashhur Rim yozuvchisi va notig`i Sitseron yunon notiqlari asarlarini til me`yorlarini buzmagan holda lotin tiliga tarjima qilgan. U matnni so`zma-so`z tarjima qilgan va har bir jumlada ma`no va so`z ta`sirini aks ettira olgan. Sitseron tarjima matnining o`ziga xos xususiyatlari, ya`ni shakl, tarkib, fikr moyilligiga alohida e`tabor qaratgan.”8 Bundan tashqari Yevropada juda ko`plab tarjimonlar yetishib chiqqan va tarjima san`atining rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar. Tirli xil maktablar, tarjima yo`nalishlari va usullari vujudga kelgan. Ular tomonidan tarjima qilingan har bir asar adabiyot javononi to`ldirishga xizmat qilgan. Ushbu qism so`ngida mashhur tarjimonlarning tarjima va tarjimon haqidagi fikrlarini berib o`tishni ma`qul topdik. I.G`ofurovning fikrlariga ko`ra, “Tarjimon xuddi yozuvchi kabi narsa-hodisalar, inson ruhiyati to`g`risida keng tasavvurlar va fantaziya qobiliyatiga ega bo`lgandagina, qobiliyat teran bilishlar bilan quvvatlangandagina uning ijodi ishonchli, tushunarli, yuksak badiiy ifodaviylik va ta`sirchanlik kasb etadi.”9 Darhaqiqat, har bir tarjimon o`zi tarjima qilayotgan asarni chuqur his etsa, ana shunda haqiqiy adabiyot durdonasi vujudga keladi va adabiy jarayonda o`zining ahamiyatiga ega bo`ladi.
“Tarjima orqali xalqlar bir-birlari bilan fikrlashganlar, adiblar bir-birlari bilan muloqotda bo`lganlar, hamisha zamonlarda—hoh adabiy, hoh ilmiy, hoh siyosiy kitoblar tarjimasi bo`lsin—xalq u yaratgan va yaratayotgan ma`daniyat, fan, adabiyot va siyosat bundan faqat naf ko`rgan.”10—degan edi mahoratli tarjimonimiz G`.Salomov. Bu olamda hech bir qilingan tarjima asar ham ijtimoiy hayotimizning qaysidir jabhasida kerak bo`ladi va bizning yutuqlarimiz uchun xizmat qiladi. Y.V.Gyotening fikriga ko`ra esa, “Tarjima jahon miqyosidagi munosabatlar uchun eng muhim va eng qadrli faoliyat va shunday bo`lib qoladi.”11 Bundan ko`rinib turibdiki, tarjima butun dunyo xalqlarining munosabatlarida muhim rol o`ynovchi adabiy jarayon. Tarjima orqali davlatlar, xalqlar bir-birlari bilan munosabatga, aloqaga kirisha oladilar. Ular o`rtasidagi aloqalarning mustahkamligi ham tarjima bialn belgilanadi.
So`zimiz so`ngida shuni aytishimiz mumkinki, tarjima va tarjimonlik bir-birini to`ldiruvchi jarayonlardir. Tarjimon o`zga xalq yozuvchisining fikrlarini, dunyoqarashini uqsa va chet tilini mukammal bilsagina o`zi istagan marraga, yutuqqa albatta erishadi. Bu tarjimashunoslik sohasida isbotlangan haqiqatdir. Tarjimashunoslik masalalari, jarayoni bundan keyin ham o`zining ahamiyatini yo`qotmaydi, degan umiddamiz.
1.2. Tarjimaning grammatik muammolari.
Tarjima shunday san`atki, u har bir ijodkorning mehnati, mahorati mahsulidir. Tarjimon mehnatini hech qachon ikkinchi darajali deb bo`lmaydi. Uning mehnati yozuvchi mahnati bilan barobardir. Tarjimon tilni harakatga keltiradi. Uning mehnati tilni faoliyat manbaiga, faoliyatni esa til manbaiga aylantiradi. Tarjimon mehnati tufayli tillarning xazinalari yangi so`zlar, terminlar, ifodalar, gapning g`aroyib, ilgari ko`rinmagan, sinalmagan sintaktik qurilishlari bilan boyiydi. Tarjimonning ijodiy mehnati bois til yangilanadi. Bundan tashqari u tillarni ko`rib chiqadi va bu jarayonda yuzaga keladigan Grammatik muammolarni hal etadi.
Bizga ma`lumki, nemis tili o`zbek tiliga umuman qarindosh bo`lmagan til hisoblanadi. Ikkala til ham boshqa-boshqa til oilalari, til guruhlariga mansub. O`zbek tili Oltoy tillar oilasining turkey tillar guruhiga mansub. Nemis tili esa Yevropa tillar oilasining German tillar guruhiga kiradi. Mazkur tillar o`z xususiyatlari bilan, ya`ni Grammatik, sintaktik, fonetik va boshqa jihatlariga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Ulardagi gap tuzilishlari ham turli xildir. Nemis tilidagi gaplar o`zining so`z tartibi o`zbek tiliga o`xshamaydi. Nemis tilida avval ega, kesim, to`ldiruvchi va boshqa gap bo`laklari keladi. Kesimning ikkinchi o`rinda ishlatilishi esa qat`iy qilib belgilangan. O`zbek tilida esa so`z tartibi qat`iy qoida bilan belgilanmagan. Masalan:
Ich studiere an der Uni in Taschkent.
Men Toshkentdagi universitetda o`qiyman.
“Grammatik muvofiqlik 3 turga bo`linadi:
1.To`liq Grammatik muvofiqlik;
2.Qisman Grammatik muvofiqlik;
3.Nomuvofiqlik.
Grammatik muvofiqlikni 2 qismga bo`lamiz: morfologik va sintaktik.
To`liq morfologik muvofiqlik bir xil Grammatik kategoriyalar bor bo`lganida kuzatiladi. Masalan: zamon kategoriyasi, son kategoriyasi, nisbat kategoriyasi va boshqalar.”12
Masalan:
Kinder—bolalar
Er kommt—U kelyapti.
Qisman morfologik muvofiqlik esa tillardagi Grammatik kategoriyalar bir-biriga mos kelmaganida kuzatiladi. Masalan, O`zbek tilida 6 ta kelishik mavjud, nemis tilida esa 4 ta kelishik bor. Bundan tashqari o`zbek tilida 3 ta zamon bo`lsa, nemis tilida 6 ta zamon mavjud.
Morfologik nimuvofiqlikda Grammatik kategoriyalar mos kelmaydi. Masalan, o`zbek tilida egalikning Grammatik kategiroyasi mavjud, gapda ular affikslar yordamida ifodalanadi. Nemis tilida esa bu vazifani egalik olmoshlari bajaradi. Masalan:
Kitobim mein Buch
Kitobing dein Buch
Kitobi sein Buch
Bundan tashqari o`zbek tilidagi otlarning hech qanday artikli yo`q. Ammo nemis tilida aniq va noaniq artikllar mavjud. Nemis tilidagi otlar hamisha artikllar bilan qo`llanishi kerak. Agar ular qo`llanilmasa gapning mazmuniga putur yetadi. Ular o`zbek tilidagi kelishik qo`shimchalarining o`rnida xizmat qiladi.
Masalan:
Men kecha ukamga koptokni bergandim.
Ich gab gestern den Ball meinem Bruder.
To`liq sintaktik muvofiqlik tuzilishdagi muvofiqlik bo`lib gapdagi so`zlar tartibi hisoblanadi. Masalan:
Adj+Substantiv=ein schönes Mädchen=chiroyli qiz
Subjekt+Verb=Er kommt=U kelyapti
Qisman sintaktik muvofiqlik ma`noning muvofiqligi, ammo tuzilishida farq qiladigan deb tushuniladi. Masalan:
Das Kopftuch—S+S=ro`mol
Das Warenhaus—S+S=do`kon
Der Dummkopf—Adj+S=ahmoq
Qisman sintaktik munofiqlikni gapda biz so`z tartibi, so`z tushirib qoldirish va so`zlarning o`rnini almashtirishda bir-biriga to`g`ri kelmasligini tushunamiz. Masalan:
Man darf hiernicht laut sprechen.
Bu yerda baland gapirish mumkin emas.
Sintaktik muvofiklikning yo`qligi deganda tarjima uchun manba tilde ishlatiladigan,ammo tarjima qilinayotgan tilda ma`lum sintaktik tuzilishlarning bo`lmasligi tushuniladi. Masalan:
Ich denke,dass er nicht kommt.
Men u kelmaydi deb o`ylayman.
Mein Vater sagt,dass er morgen einen Geburtstag hat.
Mening otam ertaga uning tug`ilgan kuni ekanligini aytdi.
Tilning Grammatik tuzilishi uning sistemasidagi umumiy muhim jihat hisoblanadi. Affikslar, Grammatik qo`shimchalar va so`z yasalishi, sintaktik modellar, so`z tartibi, yordamchi so`zlar va shu kabilar tilning Grammatik tuzilish elementlari Grammatik yoki shakliy ma`noni, leksik ma`nolarning aniq shaklini ko`rsatishga xizmat qiladi. Tarjima qilish jarayonida bu ma`nolarni ifodalash muhim muammodir.
Turli xil tillarning Grammatik shakllari juda kam hollarda ularning ma`no va vazifasiga mos keladi. Qoida sifatida faqatgina qisman ekvivalentlikka ega, bu esa Grammatik ma`nolar Grammatik shakllar orqali ifodalanishidir, shunga qaramasdan ikki til o`zaro o`xshashdek ko`rinadi, faqatgina ularning ma`nolaridagi ba`zi qismlari mos keladi va o`xshash ma`nolar o`zaro farq qiladi.
Tarjima qilish jarayonidagi muammolardan biri—bu aniq tarjima qilishning imkoni yo`qligidir. Tillardagi so`zlar bir qancha ma`nolarga ega bo`ladi. Tarjimondan talab qilinadigan narsa esa vaziyatga, voqeaga mos keladigan ekvivalentni topa olish va uni tarjimada qo`llashdir. Maslan, nemis tilidagi zamonlardan biri Presens zamonini tahlil etib ko`raylik. Bu zamon hozirgi vaqtda va kelgusida bajariladigan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan: