Xotirani charxlash sirlari

Автор: Пользователь скрыл имя, 27 Января 2012 в 07:54, реферат

Описание работы

Kerakli kitob sahifasidagi ma’lumotlarni esda saqlash yomon emas-a ? Do’stlaringizni tug’ilgan kunlari hamisha yodda tursa, qanday yaxshi!.. Hammada eslab qolish qobiliyati turlicha. Ko’pchilik biror bir narsani eslab qolish maqsadida uni o’ziga tanish bo’lgan narsalar bilan bog’laydi. Masalan, Tohir ismini yodda saqlash uchun “Tohir va Zuhra” romanini, yoki qarindoshlaridan birining ismi

Работа содержит 1 файл

Xotirani charxlash sirlari.docx

— 31.02 Кб (Скачать)

3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya qilishingiz mumkin.

 
Takrorlash yaxshi, ammo...

Xalqimizda «yuz martada yod bo‘ladi, ming martada muhr» degan naql yuradi. Bu maqol asosli, faqat qachonki unga to‘g‘ri amal qilingan taqdirda shunday. Chunki, miya ma'lumotni muhrlashi uchun unga vaqtincha boshqa ma'lumot yuklanmay turishi lozim. Tadqiqotchi Myuller va Piltsekerlar biror matnni yod olgach, miyani dam oldirish kerakligini ta'kidlashadi. Tin olish jarayonida miya ma'lumotlarni o‘z-o‘zidan takrorlar ekan. Bu jarayon ma'lumot yodlanganidan keyin o‘rinsiz qaytarilaversa ham buziladi. Natijada miyada hech qanday «muhrlanish» jarayoni yuz bermaydi. Xo‘sh, ma'lumotni yodlash bilan mustahkamlash orasida miya qancha vaqt tin olishi kerak? Bu savolga ruhshunos olim Peron javob topgan. U bir necha kishilar ustida tajriba o‘tkazib, ularga 18 ta notanish so‘zlarni yodlashni va takrorlab turishni buyuradi.

Tajribada so‘zlar 30 soniyadan keyin 14 marta qaytarilganda yaxshi samara bergan. Tanaffus 10 daqiqani tashkil qilganda esa 4 marta takrorlash kifoya qilgan. 10 daqiqadan 24 soatgacha bo‘lgan tanaffusda ma'lumotlar qisqa muddatli xotirada mustahkamlangan. 24 soatdan ortiq tanaffuslarda takrorlash miqdori ko‘payib boradi va 48 soatga yetganida 8 marta qaytarish talab qilinadi. Chunki, bu vaqt ichida xotiraga o‘rnashgan qo‘shimcha ma'lumotlar xotira quvvatini susaytiradi. Shuning uchun har 24 soatda yodlangan so‘zlarni qaytarib turish maqsadga muvofiq. Matnning ko‘p jihatlari bir-biriga o‘xshashligi yodlash jarayonini qiyinlashtiradi. Agar so‘zlar majmuasi har xil qilib tuzib chiqilsa, ish osonlashadi. Misol uchun ro‘yxat tartibida yozilgan biror so‘zni eslaganingizda aqlingizga nima keladi? Tabiiyki, uning ro‘yxatda joylashgan o‘rni. Bu xotiraning kuchiga dalolat qilmaydi. O'sha so‘zni eslash uchun bundan ahamiyatliroq jihat yo‘qligini anglatadi xolos. Shunday ekan, yod olinayotgan har bir so‘z o‘ziga xos tarzda boshqalardan ajralib turishi kerak. Ularni yozganda bir xillikdan qochib, rang yoki harf shakllari turlicha qilib tuzilsa, yodlash jarayonida ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Информация о работе Xotirani charxlash sirlari