Xotirani charxlash sirlari

Автор: Пользователь скрыл имя, 27 Января 2012 в 07:54, реферат

Описание работы

Kerakli kitob sahifasidagi ma’lumotlarni esda saqlash yomon emas-a ? Do’stlaringizni tug’ilgan kunlari hamisha yodda tursa, qanday yaxshi!.. Hammada eslab qolish qobiliyati turlicha. Ko’pchilik biror bir narsani eslab qolish maqsadida uni o’ziga tanish bo’lgan narsalar bilan bog’laydi. Masalan, Tohir ismini yodda saqlash uchun “Tohir va Zuhra” romanini, yoki qarindoshlaridan birining ismi

Работа содержит 1 файл

Xotirani charxlash sirlari.docx

— 31.02 Кб (Скачать)

Xotirani charxlash sirlari 

Kerakli kitob sahifasidagi ma’lumotlarni esda saqlash yomon emas-a ? Do’stlaringizni tug’ilgan kunlari hamisha yodda tursa, qanday yaxshi!.. Hammada eslab qolish qobiliyati turlicha. Ko’pchilik biror bir narsani eslab qolish maqsadida uni o’ziga tanish bo’lgan narsalar bilan bog’laydi. Masalan, Tohir ismini yodda saqlash uchun “Tohir va Zuhra” romanini, yoki qarindoshlaridan birining ismi Tohir bo’lsa, shuni asosiy tayanch qilib oladi. Bu bilan kishilar o’z xotirasini turli mashqlar yordamida charxlashi va yodda turmaydigan narsalarni, osonlik bilan elsab qolishi mumkin. Xotira haqidagi maslahatimiz hayotingizda asqatadi degan umiddamiz.

Qadam-baqadam maslahat

  • 1"Eslab qolish qobiliyatim yaxshi", deya o’zingizni ishontiring. Ko’pchilik insonlar o’zlarini “mening xotiram past, ism va raqamlarni negadir eslab qololmayman”, deb ishontirib qo’yishadi. Bunday fikrni xayolingizdan chiqarib tashlang va xotiramni yaxshilayman deb qat’iy qaror qabul qiling. Bu borada erishgan har bir yutug’ingizni nishonlang bu sizga kuch va g’ayrat bag’ishlaydi.
  • 2O’xshash narsalar orqali eslab qolish o’ta foydali. Do’stimizning telefon raqamini eslab qololmasligimizga sabab ular orasida bog’liqlik mavjud emas. Masalan, 5354127 raqamlarini xotirlash juda qiyin. Shunday hollarda bu raqamlarni qismlarga ajratib (5,3,5,4,1,2,7) bosh harfini yoki o’zini biror bir hikoya yoki tanish matal bilan bog’lash kerak. Masalan, besh boladan uchtasi besh oldi. 535 raqami chiqadi. Ana endi siz bu raqamni shubhasiz, eslab qolasiz. Bu, albatta har bir insonning ijodkorlik mahoratiga bog’liq
  • 3Xayoliy bog’lash ham eslab qolishga katta yordam beradi. Masalan, kitob o’qib o’tirgan bolani yodda saqlamoqchisiz . Xayolingizga kitob o’qib o’tirgan bolani keltirmang bu juda oddiy va tez esdan chiqadigan narsa. Bu sizning xayolingiz va bu yerda siz xohlagan narsalarni amalga oshira olasiz shu sababli g’ayritabiiy holda tasavvur qilishga harakat qiling “bolani quvlab yurgan kitob” yoki “kitobni ishtaha bilan yeyayotgan bolakay”ni tasavvur qiling va albatta siz buni esdan chiqarmaysiz.
 
  • 4Narsalarni guruhlashtirish ham eslab qolishga yordam beradi. Ko’pchiligimiz bozorga borishdan oldin kerakli narsalarni ro’yxatini olamiz, lekin baribir nimadir esdan chiqadi yoki olmoqchi bo’lgan bazi bir narsalarimizni esdan chiqarib qo’yamiz. Bunday hollarda ularni guruhlarga bo’lish bizga katta yordam beradi. Sabzavotlar, mevalar, go’shtli mahsulotlar – ularning har birini sonini eslab qolamiz va qay birini olishimizdan qat'iy nazar bir guruhga kiruvchi narsalar boshqasini eslatib turadi. 
     
    Yana bir misol : 1991194722001989 ko’rinishidagi raqamni eslab qolish qiyin, ammo uni har to’rttasini bir guruhga ajratsak yillar hosil bo’ladi. (1991-1947-2200-1989) Va ularni biror narsa bilan bog’laymiz. 1991-yil O’zbekiston mustaqillikka erishgan. 1947-yil Hindiston mustaqillikka erishgan. Toshkent yaqinda o’zining 2200 yilligini nishonladi. 1989-yil O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Qarab turibsizki, endi bu raqamlarni eslab qolish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
  • 5Eslab qolmoqchi bo’lgan narsalarimizni takrorlash. Rus xalqida bir maqol bor: “Takrorlash – bu bilimning onasi”. Haqiqatan, tez-tez biror bir narsani takrorlash uning xotirada muhrlanishiga sabab bo’ladi. Har bir inson hayotda tez-tez takrorlanib turadigan narsalarni esdan chiqarmaydi. Talaba imtihonga tayyorgarlik ko’rib misollarni bajarishi mumkin, ammo ma’lumotlarni takrorlab turmasa, yakuniy imtihonni topshira olmaydi. Inson xotirasi qisqa muddatli axborotlar saqlanadigan va uzoq muddatli xotira, doimiy ma’lumotlar saqlanadigan bo’limdan iborat. Ma’lumot birinchi marta qabul qilinganda qisqa muddatli xotirada saqlanadi va ma’lum vaqtdan so’ng o’chiriladi. Agar ma’lumot bir necha marotaba qaytarilsa, uzoq muddatli xotira bo’limiga joylashtiriladi. Shu sababli eslab qolmoqchi bo’lgan narsangizni qancha ko’p takrorlasangiz shuncha yaxshi eslab qolasiz. Ma’lumotlarni bunday usulda eslab qolish uchun fleshkardlardan foydalaniladi. Fleshkard yasash uchun qog’ozning bir tomoniga savol, ikkinchi tomoniga javobini yozasiz. Savolni o’qib javobini bilsangiz o’tkazib yuboraverasiz, topa olmasangiz orqasiga qaraysiz . Qayta takrorlanaverganligi uchun savollarning javobi xotirangizda muhrlanadi.
  • 6Hayotingizni jadvallashtiring. Doimiy ishlatadigan narsalar: kalit, ko’zoynaklaringizni bir joyda saqlashga harakat qiling. Kun tartibi rejalashtirilgan elektron qurulmalardan yoki yon daftarchadan foydalaning. Qarindosh va do’stlaringizni uy manzillarini va telefon raqamlarini daftarga yozib qo’ying, telefon va kompyuter xotirasiga ham kiritib qo’ying. Bu narsalar sizning xotirangizni ortiqcha yukdan xalos qiladi va boshqa zarur narsalarni eslab qolishingizga yordam beradi. Agar rejalashtirish sizning eslab qolish qobiliyatingizni oshirmasa ham ranjimang, siz baribir manfaatdorsiz . (Hech bo’lmaganda kalitni qayerga qo’yganingizni bilasiz).
 
  • 7Yangi ma’lumotlarni eslab qolmoqchimisiz, sekin va chuqur nafas oling. Odam miyasi sekin va chuqur nafas olganda o’zining ishlash mexanizmini o’zgartirar ekan. Bunday holat odatiy normal holda uxlaganda kuzatiladi. Inson biror bir narsani eslamoqchi bo’ladi-yu, ammo eslay olmaydi. Uxlab turganidan so’ng to’satdan yodiga tushadi. Bu holat yuqorida aytib o’tganlarimizga misol bo’ladi. Shu sababli biror bir narsani eslab qolmoqchi bo’lsangiz sekin va chuqur nafas olib chiqaring.
 

Umumiy maslahatlar.

  • 1Aqlni charxlash. Turli tuman yangi narsalarni bajarish misol uchun, til yoki pianino chalishni o’rganish eslab qolish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Aqlni doimiy charxlab turish zehnni kuchaytiradi va eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi, oddiy krossvordlarni yechish xotira uchun mashq vazifasini o’tab beradi.
 
  • 2Badantarbiya. Badantarbiya va aerobika mashqlari qon aylanishini yaxshilaydi. Bu esa miyaning funksiyalarini yaxshi ishlashiga yordam beradi. Bu qarilik bilan keladigan xislatlardan biri bo’lmish esdan chiqarib qo’yishni oldini oladi.
 
  • 3Asabiylashishdan muhofazalanish. Insonning ko’p asabiylashishi haqiqatan uning sog’lig’i uchun juda yomon ta’sir ko’rsatadi, xususan miyaga ham. Shu sababli ko’p siqilib asabiylashish xotiraning susayishiga olib keladi. Har doim ham asabiylashishdan qochib, qutulib bo’lmaydi, lekin uni qaysidir ma’noda boshqarsa bo’ladi . O’zini qo’lga olish, asabiylashmaslikka harakat qilish ba’zan miyani ma’naviy dam oldirish bunga misol bo’la oladi.
 
  • 4Vaqtida yaxshi ovqatlanish. Hozirgi kunda xotira qobiliyatini yaxshilovchi ko’plab oziq-ovqatlar chiqib ketgan, ammo ularning aksariyati laboratoriyada o’z isbotini topmagan. To’g’ri va vaqtida ovqatlanish inson salomatligidan tashqari uning xotirasiga ham tasir ko’rsatadi. Iste’mol qiladigan ovqatlarimiz tarkibida timin va vitamin B6 moddalarining bo’lishi miya faoliyati uchun juda foydali.Bir kunda 3 marta to’yib ovqatlanish o’rniga 6 marta kam-kam tanovul qilgan yaxshiroq. Va qondagi qand moddasining bir me’yorda bo’lishi, ham miya, ham xotira uchun foydali. Iste’mol qilayotgan taomingizni foydali ekanligini nazorat qiling. Eng asosiysi, achchiq va nordon taomlardan o’zingizni tiying, bu ham xotiraning sustlashishiga olib keladi.
 
  • 5Rasmdan foydalanish. Ba’zan biz “xotiram pand berdi, eslay olmayapman” degan narsaga xotira emas, bizning loqaydligimiz sabab bo’ladi. Masalan, yangi bir inson bilan tanishib uning ismini eslolmay yuramiz. Bu bizning xotiramiz sustligidanmas, balki loqaydligimiz tufaylidir. E’tiborni kuchaytirish bunday hollarning oldini oladi. E’tiborni kuchaytirish uchun biror bir rasm olamiz; bir lahza unga qarab, teskari o’girib qo’yamiz va tasvirni eslashga harakat qilamiz; ko’zni yumib hayolan tasavvur qilishga urinamiz. Mashq jarayonida har gal yangi rasmdan foydalaning va tez orada katta o’zgarishlarni his qilasiz.
 
  • 6Eslab qolishingiz uchun o’zingizga vaqt bering. Biror bir narsani bir lahzada eslab qolish uning bir lahzada unutilishiga sabab bo’lishi mumkin. Har qanday chalg’ituvchi narsa siz eslab qolayotgan narsani unutib yuborishingizga sabab bo’lishi mumkin, hatto tasodifiy qo’ng’iroq ham. Shu bois biror bir narsani xotirada saqlayotganingizda o’zingizga bir oz vaqt bering xayolingizdan boshqa narsalarni chiqarib, diqqatingizni eslab qolmoqchi bo’lgan narsangizga qarating. Uni qaytib yodingizga tushurmoqchi bo’lganingizda ham sizni chalg’itishi mumkin bo’lgan narsalardan xoli bo’lib, diqqatingizni bir joyga jamlab eslashga harakat qiling.
  • 7Yetarlicha uxlash. Oxirgi Garvorddagi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, inson uyqu davomida kun bo’yi to’plangan ma’lumotlarni sintez qiladi. Inson aqliy salomatligi uchun kuniga kamida 7 soat uxlashi kerak. Shunda xotira zaiflashmaydi.
 

XOTIRANI “CHARXLASH”  USULLARI 

12.uz - Xotirangiz kerakli ma’lumotlarni eslab qolishda pand berayaptimi? Sizda tanishlaringiz ismini unutib qo’yish hollari tez-tez uchrab turadimi? Quyidagi holatlar balki sizga juda tanishdir: nima haqdadir gapirmoqchi bo’lasiz, lekin u kutilmaganda esingizdan chiqib ketadi; fikringizning o’rtasida aslida o’zi nima haqda o’ylayotganingizni hech eslay olmaysiz. Agar shu muammolardan birortasi sizga tegishli bo’lsa, maqolani o’qishda davom etavering. Bu maqola orqali siz qanday qilib xotirani mustahkamlashni bilib olasiz.

Bizning xotiramiz cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega. Agar biz shu imkoniyatlarni kengaytiruvchi usullarni qanchalik ko’p mashq qilsak, kerakli ma’lumotlarni eslab qolishimiz shunchalik osonlashadi.

Miyamizda 3 turdagi xotira mavjud va ular o’z vazifasini turli yo’sinda bajaradi. Masalan:

- Tasodifiy xotira hayotimizdagi sodir bo’ladigan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni turli his-tuyg’ular bilan bog’liq holda saqlab qoladi.

- Semantik xotira bizni o’rab turgan olam haqidagi, turli so’zlar va ularning ma’nolari to’g’risidagi umumiy bilimlarni o’z ichiga oladi.

- Takrorlanib turuvchi xotira esa bizga doimiy amallarni bajarishimiz uchun imkoniyat beradi.

Xotiraning pasayishi nimadan kelib chiqadi?

Buning bosh sababi atrofimizda har kuni ro’y beradigan chalg’ituvchi voqea-hodisalardir. Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, bir kunda hech bo’lmaganda mingta reklama namoyish qilinadi va bu chalg’itish uchun yetarli bo’ladi. Quyidagilarni ham sabab sifatida ko’rsatish mumkin:

1. Gipertoniya – agarda qon bosimingiz yuqori bo’lsa, sizda xotirangiz pasayishi va ruhan og’irlashish ehtimoli ko’proq bo’ladi.

2. Diabet – gipertoniya kabi miyamizning anglash, tushunish, o’rganish funksiyasini pasaytirishda katta rol o’ynaydi, bu holat asosan yoshi katta ayollar orasida ko’proq uchraydi.

3. B12 vitamini yetishmasligi – agar sizning kunlik ovqatingizda yetarlicha B12 vitamini bo’lmasa, xotirangiz zo’riqishlarni osongina qabul qiladi. Boshqa oziq bo’ladigan moddalar yetishmasligi esa miya qo’shimcha funksiyasining susayishiga olib kelishi mumkin.

5. Zaharlanish – shunaqangi zaharlovchi moddalar borki, insonning miya funksiyasini susaytirish bilan birga narkotikaga yo’liqtiradi.

Xotirtamiz qanday ishlaydi?

U avvalambor ma’lumotni ko’rish, hidlash, tegish, eshitish orqali saqlab qoladi. Ma’lumotni uzoq vaqtli xotiraga saqlab qo’yishdan oldin qisqa muddatli xotirada vaqtinchalik ma’lumotlar almashiniladi. Miyaning ma’lumotlarni avtomatik ravishda ro’yxatga olish tizimi yo’q. Eslab qolish qobiliyati yaxshi bo’lishi uchun ma’lumot xotirada kodlashtirilgan bo’lishi kerak.

Ma’lumotni qanday kodlashtirishimiz mumkin?

Bu uslubni siz maktabdan beri bilsangiz kerak: esda saqlab qolishni xohlagan narsani ifodali o’qish va uni hech bo’lmaganda bir marta qaytarish. Bu tez-tez uychraydigan holat. Masalan, biz telefon raqamini, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o’qisak, ularni eslab qolishimiz oson bo’ladi.

Aynan shu uslubdan murakkabroq ma’lumotlar uchun ham foydalansak, qanchalik samarali natija berishi mumkin? Masalan nutqni yod olish haqida nima deysiz? Uni takrorlayverish shak-shubhasiz foydali bo’lib chiqadi – nutqiningiz ustida qanchalik ko’p ishlasangiz, har bir qatorni eslab qola olasiz.

Yana bir foydali usul: ma’lumotlarni guruhlarga ajratish va ularni tanish biror narsa bilan bog’lab, eslab qolish. Uzunroq matnni tezroq yod olish uchun esa mutaxassislar quyidagilarni tavsiya qilishadi:

1. O’qiyotgan ma’lumotingizning ko’rinishini miyangizda yarating. Ularni tasavvur qila olganingizda siz ma’lumotni yanada osonroq esda saqlab qolasiz.

2. Kulgili yoki bema’ni biror narsa haqida o’ylang. Keyin shu ifodani o’qiyotgan narsangizga bog’lang. Bu sizga xotiralaringizni hissiyotlarga bog’lashga imkon beradi.

Agar sizda xotira susayishi kuzatilayotgan bo’lsa, bu holni yaxshilash uchun qo’llaniladigan bir qancha usullar mavjud:

1. Vaqtingizni o’zingizni qiziqtiradigan ruhiy, xayoliy amallar bilan shug’ullanishga sarflang.

2. Ovqatlanish tartibiga va ovqat tarkibiga e’tibor bering. Bilasizmi, miyamiz tana og’irligining atigi 2%ini tashkil qiladi, lekin biz qabul qilayotgan kislorod va ozuqalarning 20%ini iste’mol qiladi. Umumiy qoidalarga ko’ra, siz qimmat ozuqaviy qo’shimchalarga muhtoj emassiz. Shuning uchun “yomon narsalar” iste’mol qilmayotganingizga ishonch hosil qiling.

3. Miya tananing bir qismi ekanligini unutmang. Tanangiz uchun bajarayotgan jismoniy mashqlar miya faoliyati rivojlanishiga ham yaxshi yordam bera oladi.

4. Mashqlarni ko’tarinki ruhda va kelajakka bo’lgan katta ishonch bilan bajaring. Tashqi hodisalar ta’siridan yoki o’z fikrlaringiz tomonidan zo’riqtirilganligidan qat’iy nazar, asabiylashish va xavotirlanish nerv xo’jayralarimizni halok qiladi va yangi bittasi yaralishiga to’sqinlik qiladi. Bunga misol tariqasida surunkali ruhiy zarbani ko’rsatishimiz mumkin. Miyangizdagi nerv xo’jayralarining qanchalik uzoq yashashi siz ulardan qanday foydalanishingizga bo’gliq.

5. O’rganish orqali rivojlaning, zero miyamiz borligining sababi ham yashab turgan muhitimizni o’rganish, o’zgartirish. Bu miyangizni tez-tez yangi g’ayrat, faollik bilan harakatga undang deganidir.

6. Bilamizki, biz sayyoramizdagi o’zini-o’zi nazorat qila oladigan, boshqara oladigan yagona tirik mavjudotmiz. Hayotingizda zabt etishingiz mumkin bo’lgan cho’qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissiyotlarni uyg’otuvchi so’zlar, nutqlarni tinglang. Maktab, kollejni, oliy o’quv yurtini tugatgandan keyin ham har doim izlanishda davom eting, bunda yoshingizning ahamiyati yo’q. Miyangiz rivojlanishda davom etayotgani sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko’rinadi.

7. Tadqiqot olib boring, sayohat qiling. Turar joyni o’zgartirib turish sizni muhitga ko’proq e’tibor berishga undaydi. Yangi qarorlar qiling, miyangizni ishlating.

8. Miyangizni tashqi manbalarga ko’ra ishlatmang. Kino yulduzlari, siyosatchilar, aqlli qo’shningizga ko’ra ham emas. O’z qarorlaringizni o’zingiz qabul qiling va hattoki xatolarni ham. Harakatlaringizdan to’g’ri xulosa chiqaring. Shu yo’sinda siz o’z miyangizni mashq qildirib borasiz, qo’shningiznikini emas.

9. Kayfiyatingizni doimo yaxshi qilishga va tez-tez kulib yurishga odatlaning.

10. Ayollar uchun har hafta bir mil piyoda yurish xotiraning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi.

11. Yangi til o’rganish - izlanishlar shuni ko’rsatadiki, o’z tilini ham yaxshi bilmaydiganlar yoki xorijiy tillarni bilmaydigan odamlar xotira pasayishi kasaliga nisbatan ko’proq duchor bo’lishadi.

Hozirdan kurashni boshlang va bugunning o’zidayoq yuqoridagi usullardan hech bo’lmaganda bittasini yaxshilashga harakat qiling!

Nilufar Oripova, O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabasi

O’tkir xotira sirlari

18.01.2012

Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o‘sha katakchalar yo‘q?» deb so‘ragan ekan. Bunday deb so‘rashiga sabab go‘dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo‘yar ekan. Keyinchalik o‘sha manzarani bo‘lg‘usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so‘zni eslab qolishi mumkin. Masalan, mashhur kompyuter dasturchisi Bill Geyts minglab kodlarni yoddan biladi, deyiladi. Sarkarda Aleksandr Makedonskiy esa askarlarini nomma-nom sanab bergani haqida rivoyatlar bor.

O'z navbatida kishi xotirasi juda ko‘p omillarga bog‘liq ekanini ham unutmaslik lozim. Kimdir ko‘rganini, kimdir eshitganini yaxshiroq eslab qoladi. Shuningdek, kishi xotirasida qiziqqan narsasi tezroq o‘rnashadi. Ba'zan esa ma'lum hissiy kechinmalar unutilgan voqealarni qayta jonlantirgan holatlar uchrab turadi. Hatto til o‘rganishga qobiliyati yo‘q, deb hisoblangan kishilar begona mamlakatga tushib qolganida, xotiralaridagi yangi qirralar kashf etilgani ham tajribalarda o‘z isbotini topgan.

Ishlamagan tesha zang bosadi!

Yoshi qirqdan oshgan kishilar gap orasida «Xotira chatoq-da, qarichilik endi»  deb qo‘shib ketishi odatiy hol. Aslida esa bunday emas. Ana shu bahonaga tayanadiganlar ko‘pincha faol o‘rganish davri tugaganidan keyin o‘rganishga ishtiyoqni yo‘qotishadi va xotirani zo‘r berib ishlatmasliklari natijasida shu ko‘yga tushib qolishadi. Vaholanki, xotirani charxlash kundalik ishiga aylanib qolgan, yoshi yetmishga yetgan aktyorlar butun boshli matnlarni qiynalmasdan yodlay olishlari barchaga ma'lum. Germaniya va AQSh kabi bir qator xorij mamlakatlarida esa, nafaqaga chiqqandan keyin talabaga aylanadigan qariyalar ko‘plab topiladi. Ular odatda ijtimoiy-gumanitar fakultetlarga o‘qishga kirishadi va yosh hamkurslari bilan baravar mashg‘ulotlarni o‘zlashtirib, imtihonlar topshirishadi. Demak, xotira zaiflashuviga yoshni sabab qilib ko‘rsatish asossiz bahona.

Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi doktor Marion Daymond miya faoliyati ustida izlanishlar olib borib «Insonning qarishi xotiradagi hujayra bog‘larini yo‘qotmaydi», degan xulosaga keldi. Boshqa tadqiqotlar natijasi ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlamoqda. Hatto, agar miya davomli ravishda ishlab, ta'limga yo‘nalib tursa, hujayralararo bog‘lar zichligi yanada mustahkamlanishi xususida qarashlar mavjud. Yetmish, sakson yoshli qariyalar bilan olib borilgan tadqiqotlarda aqliy faoliyatning turli davrlarida e'tiborga loyiq natijalarga erishish mumkin ekani isbotlangan.

 
Xotira ildiziga bolta urish

Demak, xotiraning zaiflashuviga qarilikni sabab qilish o‘rinsiz. U holda kishi xotirasining zaiflashuviga nimalar sabab bo‘ladi? Psixologlar bu muammoga bitta sabab qilib testosteron, ya'ni erkaklar garmonida yuz beradigan o‘zgarishni ko‘rsatishgan. Olib borilgan tadqiqotlar testosteronning qondagi kontsentratsiyasi va erkak kishi zakovati o‘rtasidagi bog‘liqlikni yuzaga chiqargan. Testosteron kontsentratsiyasining yuqori darajaga chiqishi, erkak kishining xotira va ijodkorlik qobiliyatini pasayishiga sabab bo‘lar ekan. Tadqiqotchilar ushbu qarashni quyidagicha izohlashdi: «Testosteron kishilarda ikkilamchi jinsiy belgilarni harakatga keltiradi. Natijada agressiv xatti-harakatlar va shahvoniy his-tuyg‘ular kuchayadi. Bu esa kishining miya faoliyatini to‘lig‘icha ana shu tarafga qaratib qo‘yadi».

Demak, xotirasi zaiflashayotganidan shikoyat qiluvchi erkaklar shaxsiy hayotlarini tartibga solib, shahvatni qo‘zg‘otuvchi turli xil omillardan uzoq turganlari ma'qul. Aslida psixologlarning mazkur xulosalari sharq an'analarida ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ma'lumki, qadimda madrasa o‘qituvchilari o‘z talabalarining zakovatiga putur yetmasligi uchun ham ularni nomahramga nazar solishdan qaytarishgan. Imom Shofe'iyning «Begona ayolga qarash, yodlangan narsalarning unutilishiga olib keladi», degan xikmatli so‘zi ushbu qarashni tasdiqlaydi.

 
Xotira qanday shakllanadi?

Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.

1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi boshqa hissiy a'zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq.

Masalan, Mark Tven sahnada o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.

2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.

Информация о работе Xotirani charxlash sirlari