Автор: Пользователь скрыл имя, 21 Декабря 2010 в 13:36, реферат
Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut».
Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».
Tahorat duolari
- Tahorat boshlanib, ikki qo’l
yuvilayotganda qaysi duo o’qiladi?
Ushbu duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran».
Ma’nosi: «Suvni ham, Islom
dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin».
Og’iz chayilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika».
Ma’nosi: «Ilohim, og’zimni
pok qil, Payg’ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni nasib
et».
Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat
hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut».
Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».
Ma’nosi: «Ilohim, sevimli
bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni ham yorug’
qil. Gunohkorlar yuzi qora bo’lguvchi kundan asragil”.
O’ng qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomat
kuni amallarim yozilgan daftarni o’ng tarafimdan berib, hisobimni
yengillatgin».
Chap qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan».
Ma’nosi: «Ilohim, amallar
yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil, qattiq hisob-kitob
qilmagil».
Boshga mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma g’ashshini birohmatika va anzil ‘alayya min barokatika”.
Ma’nosi: «Ilohim, O’z
rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni yog’dirgin».
Quloqqa mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu».
Ma’nosi: «Ilohim, meni yaxshi
so’zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil».
Bo’yinga mash tortilganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag’lali».
Ma’nosi: «Ilohim, meni do’zax
azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil».
O’ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma sabbit qodamayya ‘alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomatda
– oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil».
Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag’furon».
Ma’nosi: «Ilohim, qilgan
ishlarimni savob yo’liga burgil va gunohlarimni avf etgil».
Tahorat yakunida ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikas-solihinallazina la xovfun alayhim va la hum yaxzanun».
Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».