Автор: Пользователь скрыл имя, 14 Апреля 2013 в 12:56, реферат
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Gurbatda garib shodmon bulmas emish,
El anga shafiku, mehribon bulmas emish.
Gar oltin kafas uchra kizilgul bitsa,
Bulbulga tikondek oshion bulmas emish.
Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-ayog'ing yaxshi.
Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.
Dedi: qaydinsen ey majnuni gumrah?
Dedi: majnun vatandin qayda ogah.
Dedi: nedur senga olamda pesha?
Dedi: ishq ichra majnunliq hamisha.
Dedi: bu ishdan o'lmas kasb ro'zi,
Dedi: kasb o'lsa basdur ish so'zi.
Dedikim: ishq o'tidin de fasona!
Dedi: kuymay kishi topmas nishona.
Dedikim: kuymakingni ayla ma'lum!
Dedi: andin erur joh ahli mahrum!
Dedi: qay chog'din o'ldung ishq aro mast?
Dedi: ruh ermas erdi tang'a payvast.
Dedi: bu ishqdin inkor qilg'il!
Dedi: bu so'zdin istig'for qilg'il!
Dedi: oshiqqa ne ish ko'p qilar zo'r?
Dedi: furqat tuni ishqi balosho'r.
Dedi: ishq ahlining nedur hayoti?
Dedi: vasl ichra jonon iltifoti.
Dedikim: Dilbaringning de sifotin!
Dedi: til g'ayratidin tutmon otin!
Dedikim: ishqig'a ko'nglung o'rundur?
Dedi: ko'nglumda jondek yoshirundur.
Dedi: vaslig'a borsen orzumand?
Dedi: bormen xayoli birla hursand.
Dedi: no'shi labidin topqay el bahr?
Dedi: ul no'shdin el qismidur zahr.
Dedi: joningni olsa la'li yodi?
Dedikim: ushbudur jonim murodi.
Dedi: ko'ksungni gar chok etsa bebok?!
Dedi: ko'nglum tutay ham ayla deb chok.
Dedi: ko'nglung fido qilsa jafosi?
Dedi: jonimni ham aylay fidosi.
Dedikim: ishqdin yo'q juz ziyon bud.
Dedi: bu kelsa savdo ahlig'a sud.
Dedi: bu ishq tarki yaxshiroqdur!
Dedi: bu sheva oshiqdin yiroqdur!
Dedi: ol ganju qo'y mehrin nihoniy,
Dedi: tufroqqa bermon kimyoni!
Dedi: joningg'a hijron kinakashdur,
Dedi: chun bor vasl ummidi xushdur.
Dedikim: shahg'a bo'lsa shirkat andesh!
Dedi: ishq ichra tengdur shohu darvesh!
Dedi: joningg'a bu ishdin alam bor,
Dedi: ishq ichra jondin kimga g'am bor?!
Dedi: kishvar beray, kech bu xavasdin!
Dedi: bechora, kech bu multamasdin!
Dedi: ishq ichra qatling hukmi etkkum!
Dedi: ishqida maqsudimg'a yetkum.
Dedi: bu ishda yo'q sendin yiroq qatl,
Dedi: bu so'zlaringdin yaxshiroq qatl.
Orazin yopqach ko'zumdin sochilur har lahza yosh,
O'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh.
Qut bir bodomu yerim go'shan mehrob edi,
G'orati din etti nogah bir baloliq ko'zu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog'ki aylar mehr fosh.
Bo'sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og'zi ichra aytur la'l ham bor nav' tosh.
Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston Xizridur,
Sarvkim da'b ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo'ygusidir barcha bosh.
Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.
Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.
Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.
Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.
Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.
Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.
Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Har neniki sevmak andin ortiq bo'lmaz,
Andin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.
Nashr qilingan asarlari:
Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963-1968;
Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. –T.: 1959-60;
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami (20 jildlik), 1-6 jildlar.
–T.: 1987-1992;
Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963-1968.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami (20 jildlik), 7-12 jildlar,
Toshkent, 1991-1996;
Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). –T.: 1960;
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi
G’afur G’ulom). – T.: 1956;
Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev).
–T.: 1970;
Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). –
T.: 1984;
Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. – T.: 1991;
Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001;
Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.G’anieva). – T.: Sharq,
1991;
Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. O’n besh tomlik. T.13. –
T.;1967;
Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14.
– T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. O’n besh tomlik.
T.14. – T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. O’n besh tomlik.
T.14. – T.;1967;
Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. O’n besh tomlik. T.13. – T.:1967
Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. O’n besh tomlik. T.12.
-T.: 1966;
Alisher Navoiy. Muhokamatul-lug’atayn. Asarlar. O’n besh tomlik.
T.14. – T.:1967;
Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. O’n besh tomlik T.14. –
T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. O’n besh tomlik. T.14.
– T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. O’n besh tomlik.
T.15. – T.:1968;
Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. O’n besh tomlik. T.13. –T.: 1967;
Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. O’n besh tomlik. T.5. 1-2 kitob.
– T.:1966;
Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. O’n besh tomlik. T.15.– T.:1968;